
Deyarli yangilanib ketgan O‘zbekiston terma jamoasi yoxud kimlar Osiyo kubogida debyut qiladi?
Xabaringiz bor, bugundan boshlab Qatar yashil maydonlarida Osiyo kubogi uchrashuvlari start oladi. Ochilish o‘yinida Qatar hamda Livan terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Mazkur bellashuv 21:00da start oladi. Hamyurtlarimiz esa ertaga 22:30da Suriyaga qarshi o‘yin bilan o‘z yurishini boshlaydi.
Keling, mana shu bahs oldidan sizga bir qator qiziq statistikalarni taqdim etamiz. Kimlar terma jamoa safida bu safargi Osiyo kubogida debyutant? Yana kimlar avvalgi turnirlarda ham termamizga yordam bergan? Marhamat, tanishib chiqishingiz mumkin:
Ayni dam terma jamoa qaydnomasidan o‘rin olgan va 2015 yilgi Osiyo kubogida ishtirok etgan futbolchilarimiz:
1.Jamshid Iskanderov
2.Igor Sergeev
3.Farruh Sayfiev
Ayni dam terma jamoa qaydnomasidan o‘rin olgan va 2019 yilgi Osiyo kubogida ishtirok etgan futbolchilarimiz:
1.O‘tkir Yusupov
2.Odil Hamrobekov
3.Farruh Sayfiev
4.Jaloliddin Masharipov
5.Otabek Shukurov
6.Azizbek Turg‘unboev.
Debyutantlar
Abduvohid Ne’matov ("Nasaf"), Botirali Ergashev ("Neftchi"), Zafarmurod Abdirahmatov ("Nasaf"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf"), Abduqodir Husanov ("Lans"), Abdulla Abdullaev ("Hor-Fakkan"), Muhammadqodir Hamraliev ("Paxtakor"), Umarbek Eshmurodov (Erkin agent), Rustam Ashurmatov ("Rubin"), Abbosbek Fayzullaev (TsSKA), Shahboz Umarov ("Ordabasi"), Hojimat Erkinov ("Torpedo"/"Paxtakor"), Jamshid Boltaboev ("Navbahor"), Diyor Xolmatov ("Paxtakor"), Oston O‘runov (Erkin agent), Aziz Amonov ("Hor-Fakkan"), Bobir Abdixoliqov (Erkin agent).
Bilasiz, O‘zbekiston terma jamoasi "B" guruhida Avstraliya, Hindiston va Suriya kabi terma jamoalar bilan birgalikda pley-off yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.
Xudayqulov Karim tayyorladi
Fikrlar