Deyli Blind faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin
“Manchester Yunayted” klubi himoyachisi faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bir qator Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha Rimning “Roma” klubi gollandiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Ta’kidlash kerakki, 27 yoshli futbolchining “MYu” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilga qadar imzolangan va u katta extimol bilan bu kelishuvni uzaytirmaydi. Rimliklar esa Blindni mavsum yakunlangach jamoani tark etadigan Kostas Manolasning o‘rinbosari sifatida ko‘rishmoqda.

Ma’lumot uchun, Blind joriy mavsum “qizil iblislar” safida jami 28ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.



Fikrlar