Dibala nimaga ishora qildi? (FOTO)

  • 15.04.2021 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

So‘nggi oylarda matbuotda argentinalik hujumchi Paulo Dibalaning “Yuventus”dagi kelajagi haqida turli mish-mishlar paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, futbolchi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarda hech qanday ijobiy siljishlar yo‘q. Shu sababli, “keksa sinora” yozda Dibalani sotib yuborishi mumkinligi aytilmoqda.

Ayni paytda Dibala Instagramdagi avatarini o‘zgartirdi. Futbolchi "Yuventus"da sardorlik bog‘ichi bilan tushgan fotosuratini qo‘ydi. Ehtimol, u shu tariqa forvard klub rahbariyatiga Turinda qolish istagi borligiga ishora qilgan bo‘lishi mumkin.

3c5ed01db367.png

27 yoshli Dibala “Yuventus” safiga 2015 yil “Palermo”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida turinliklar safida jami 172 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 70 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Dibala Argentina terma jamoasida 29 ta o‘yinda ishtirok etgan. U ushbu bahslarda raqib darvozasiga bor yo‘g‘i 2 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!