Dibala shikoyat qildi

  • 19 oktabr, 2020, 11:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Yuventus”ning argentinalik hujumchisi Paulo Dibala “Krotone” bilan 1:1 hisobida yakunlangan o‘yindan so‘ng, klub sport direktori Fabio Paratichiga yangi bosh murabbiy Andrea Pirlo ustidan shikoyat qilgan. Dibalaga bosh murabbiy uni o‘yinga tushirmagani yoqmadi.

Avvalroq, Dibala sog‘lig‘idagi muammo tufayli Argentina terma jamoasining Ekvador va Boliviyaga qarshi o‘yinlarida ham maydonga tusha olmagan edi.

Andrea Pirlo yuqoridagi holatni inobatga olgan holda hujumchini maydonga chiqarmadi. Qizig‘i, bundan Dibalaning o‘zi ham xabardor bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!