
Dibala "Yuventus"ning ashaddiy raqobatchisi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi
Milanning "Inter" klubi "Yuventus"ning argentinalik hujumchisi Paulo Dibala bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishishga juda yaqin turibdi, deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.
Manbaning yozishicha, kelishuvning imzolanishiga futbolchining maosh masalasidagi yuqori talabi, shuningdek, Aleksis Sanches va Lautaro Martinesning kelajagi borasidagi noaniqliklar to‘sqinlik qilmoqda.
Qayd etilishicha, kelasi haftada taklif va so‘rovlardagi farqni kamaytirishga harakat qilish uchun “Inter” va Dibala vakillari o‘rtasida yangi uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchining "Yuventus" bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi.
Fikrlar