
Dide Desham: "Bu jamoa e’tirofga loyiq"
Dide Desham Angliyaga qarshi g‘alabadan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Ajoyib o‘yin bo‘ldi. Biz chinakam ingliz jamoasi bilan to‘qnash keldik. Muhimi, o‘z o‘yinimizni ko‘rsata oldik va yarim finaldamiz. Jamoamizning ruhiy va jismoniy holati finalga chanqoq.
Marokashga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. Bu jamoa e’tirofga loyiq, ko‘rsatayotgan natijasi ajablanarli. Biz bu jamoani jiddiy qabul qilamiz", - dedi frantsuzlar ustozi.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya yarim finalda Marokash terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Mazkur bahs 14 dekabr tungi soat 00:00 da start oladi.
Fikrlar