Diego Kosta uchun mavsum yakuniga etdi

  • 11 aprel, 2019, 11:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" Madrid klubi forvardi Diego Kosta La Liganing31-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Barselona"ga (2:0) qarshi bahsda qilga xatti-harakatlari uchun jiddiy jazolandi.

Tecno

Eslatib o‘tish lozimki, shu kuni uchrashuv hakami Xesus Xil Mansano qoidani buzgani uchun Kostaga qizil kartochka ko‘rsatib, maydondan chetlatgan edi. Biroq, ushbu vaziyatda o‘zini tiyib tura olmagan Kosta hakamning onasi sha’niga haqoratli so‘zlar aytgan.

Cope nashri tarqatshan xabarga ko‘ra asli braziliyalik bo‘lgan futbolchining ushbu so‘zlari hakamdagi mikrofon orqali yozib olingan va isbotlangan.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda La Liga tartib-intizom qo‘mitasi Kostani 8ta o‘yinga chetlatgan. Mavsum yakunlanishiga 7ta tur qolganini inobatga olsak, Diego Kosta uchun mavsum muddatidan avval yakunlandi.

Ma’lumot uchun, Kosta joriy mavsum “Atletiko” safida jami 21ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!