
Diego Kosta Xitoy klubiga o‘tishga yaqin turibdi
Madridning “Atletiko” klubi forvardi Diego Kosta yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida Xitoy chempionatiga yo‘l olishi mumkin.
Diario AS tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Tyantszin Tsyuantszyan" klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Agar Kosta Chin yurti jamoasiga ko‘chib o‘tsa, u erda braziliyalik vatandoshi Aleshandro Patoga jamoadosh bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Kosta joriy mavsum “Atletiko” safida jami 15ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar