Diego Simeone asosiy tarkibda Oblakka joy kafolatlamaydi

  • 23 yanvar, 2018, 12:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Madridning “Atletiko” jamoasi bosh murabbiyi Diego Simeone “Sevilya”ga qarshi (1:2) Ispaniya Kubogi chorak final ilk o‘yindan keyin klub posboni Yan Oblak mavsumdagi barcha o‘yinlarda darvozaga tushiri shart emasligini aytdi.

“U yoki bu futbolchi har qanday turnirda ishtirok etishi majburiy qilib berlilanmagan. Futbolchilarim bu borada hech kim bilan kelishuvi yo‘q ekanini biladi.

Javob o‘yinida ham darvozada Karlos Moyya turadi. Oblakka asosiy tarkibda joy kafolatlanmagan. Men raqobatbardosh jamoa bo‘lishini va mana shu jamoa g‘alaba qozonishini istayman”, – dedi Simeone.

Ma’lumot uchun, “Atletiko” va “Sevilya” klublari o‘rtasidagi javob o‘yini 23 yanvar kuni “Ramon Sanches Pisxuan” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!