Dilyaver Vaniev "Mash’al"ning yirik mag‘lubiyatiga qanday izoh berdi?

  • 20.04.2022 22:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Qo‘qon-1912” – “Mash’al” (4:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Dilyaver Vaniev mag‘lubiyat sababi haqida gapirdi.

- O‘yin haqida qanday izoh aytishim mumkin? Biz 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradik. Bu biroz kutilmagan natija, qiyin o‘yin bo‘ldi. Bugun Superliga jamoasiga qarshi o‘ynadik. Uchrashuvda xatolarimiz ko‘zga tashlandi. Juda achinarli mag‘lubiyat, boshqa so‘z ham topa olmayapman, futbolchilar bilan albatta gaplashamiz. Buni shunchaki qoldirmaymiz.

- “Mash’al” birinchi bo‘limga nisbatan ikkinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynadi. Bunga sabab nima?

- Tanaffusdan keyin darhol o‘yin uslubimizni o‘zgartirib yubordik. Hisob 2:0 edi, shuning uchun nimadir qilishimiz lozim bo‘lardi. Baribir xatolar kuzatildi. Yana qaytaraman, buni shunchaki qoldirmaymiz. Bunga ko‘z yumib bo‘lmaydi. Futbolchilar bilan jiddiy gaplashamiz. Bunday mag‘lubiyatni qabul qilish og‘ir, ammo ishlashda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!