
"Dinamo" bugun "Navbahor"ga qarshi maydonga tushadi
Qariyb 10 kun davomida Chimyon tog‘li hududida asosan jismoniy tayyorgarlikka urg‘u bergan «Dinamo» jamoasi 20 iyuldan Toshkentda o‘quv mashg‘ulot yig‘inini boshladi.
Bugun samarqandliklar dastlabki nazorat bahsini «Navbahor» jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs Toshkentdagi TTYMI o‘yingohida o‘tkazilib, soat 18:15 da boshlanadi, deya ma’lum qiladi «Dinamo» matbuot xizmati.
«Dinamo»ning nazorat uchrashuvlari:
20 iyul: «Dinamo» – «Navbahor»
Toshkent, TTYMI stadioni, 18:15.
Qolgan nazorat o‘yinlari taqvimi:
21 iyul: «Dinamo» – «Lokomotiv-BFK»
22 iyul: «Dinamo» – «Qizilqum»
25 iyul: «Dinamo» – «NBU-Osiyo».
Eslatib o‘tamiz, «Dinamo» O‘zbekiston Kubogi yarim finali doirasidagi dastlabki uchrashuvni 31 iyul kuni «Bunyodkor» - «Neftchi» juftligi g‘olibiga qarshi o‘tkazadi.
5 avgust kuni esa ikkinchi davraning dastlabki o‘yini – 16-tur doirasida Samarqandda «Metallurg»ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar