"Dinamo" ikki nafar o‘yinchisi bilan shartnomani bekor qildi

  • 15.07.2024 12:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Samarqandning “Dinamo” klubi yozgi selektsiya ishlarini davom ettirmoqda. O‘zPFL matbuot xizmati ushbu jamoaga tegishli bo‘lgan ganalik hujumchi Emmanuel Yagr va himoyachi Odil Abdumajidovning “Dinamo” bilan tuzilgan shartnomalari bekor qilinganligini ma’lum qildi.

Yagr birinchi davrada samarqandliklar safida Superligada 9 ta va Kubok musobaqasida 2 ta o‘yinda maydonga tushdi va gol urgani yo‘q. Odil Abdumajidov esa chempionatda 9 ta va Kubokda 1 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!