"Dinamo" Odil Abdumajidov bilan shartnoma tuzilganini rasman e’lon qildi

  • 8 fevral, 2024, 17:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kuni kecha Sports.uz orqali Odil Abdumajidov "Dinamo" bilan shartnoma imzolagani xususida xabar bergandik. Bugun klub matbuot xizmati rasman shu haqida ma’lumot berdi va bizning xabar tasdiqlandi.

«Dinamo» jamoasi Superliga yangi mavsumi oldidan tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

abdumajidov4

Jamoa safida BAAdagi yig‘inda ishtirok etgan va hozirda Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ham qatnashayotgan Odil Abdumajidov klub bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.

Huquqiy jihatdan «Metallurg» klubiga tegishli 22 yoshli markaziy himoyachi 2022 yilgi mavsumda Qozog‘istoning «Ordabasi» klubida 23 o‘yinda 2 ta golga mualliflik qilgan bo‘lsa, 2023 yilni «Olimpik» safida o‘tkazib, Superligada 24 o‘yinda bitta golga mualliflik qilgan", - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!