
"Dinamo" "So‘g‘diyona"ga imkoniyatni boy berdi
Pro-liga yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Dinamo” jamoasi Toshkentdagi yig‘in doirasida ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Ushbu bahsda Hakim Fuzaylov jamoasiga Ulug‘bek Baqoev boshqaruvidagi “So‘g‘diyona” raqiblik qildi. Uchrashuv davomida ikki jamoa tarkibida ham bir qator futbolchilar sinovdan o‘tkazildi.
O‘yinning 90+2-daqiqasida Nodir Qo‘yboqovning goli Jizzax jamoasiga g‘alaba keltirdi – 1:0.
Shu kuni o‘yinning ikkinchi bo‘limida “Dinamo” safida janubiy koreyalik legioner futbolchi maydonga tushib, ko‘rikdan o‘tkazildi. Lekin uning klubda qolishi noma’lum.
O‘rtoqlik uchrashuvi. Toshkent
5 fevral (juma)
“Dinamo” – “So‘g‘diyona” - 0:1
“Dinamo”: Farhod Rahmatov, Jasur Hasanov, Obid Jo‘raboev, Komil Sharofutdinov, Islom Sharipov, Jamshid Hasanov, Oleg Marchuk, Shoxruh Abdurahmonov, Temur Hakimov, Sardor Eminov, Mixaylo Udod.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Siroj Meliev, Akmal Kozimov, Temur Usmonov, Faxriddin Alimov, Javlon Malikov.
"Dinamo" klubi matbuot xizmati.
Fikrlar