"Dinamo" yozgi yig‘inini Issiqko‘lda o‘tkazadi

  • 3 iyul, 2023, 10:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liga 1-davra bahslarini 2-o‘rinda yakunlagan «Dinamo» jamoasining ikkinchi davra oldidan tayyorgarlik rejalari ma’lum.

Tecno

30 iyun kunidan Toshkentda yig‘in boshlagan Vadim Abramov shogirdlari poytaxtdagi bir haftalik tayyorgarlik jarayonini 6 iyul kuni yakunlashadi. Ushbu yig‘inda «Lokomotiv-BFK»ga qarshi nazorat bahsi o‘tkazilishi belgilangan.

Mavsumning ikkinchi qismi oldidan asosiy tayyorgarlik jarayoni esa Qirg‘izistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. «Dinamo» jamoasi 10-24 iyul kunlari Issiqko‘lda o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi. Qo‘shni mamlakatdagi ikki haftalik yig‘inda nazorat o‘yinlari o‘tkazilishi, tarkibda o‘zgarishlar qilinishi rejalashtirilgan.

"Dinamo" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!