
"Dinamo" — "So‘g‘diyona". O‘zaro o‘yinlarda ustunlik kim tomonda?
Ertaga 10 avgustdan boshlab O‘zbekiston Superligasi 15 tur uchrashuvlari start oladi. Tur doirasida “So‘g‘diyona” Samarqandda "Dinamo" mehmoni bo‘ladi.
E’tiboringizga ushbu jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari haqida ma’lumot beramiz.
"Dinamo" va "So‘g‘diyona" jamoalari ichki chempionat doirasida 41 marotaba kuch sinashishgan. Samarqandliklar xisobida 18 ta g‘alaba mavjud. Jizzax klubi esa 15 uchrashuvda raqibdan ustun kelgan. Qolgan 8 bahsda tomonlar durangga imzo chekkan. To‘plar farqi – 59-44, "Dinamo" foydasiga.
Uchrashuvni Shukurullaev boshqaradi. Shuningdek, VAR texnologiyasidan foydalaniladi
"Dinamo" - "So‘g‘diyona" uchrashuvini Akobir Shukurullaev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi. Qanotlarda Rishat Nugmanov, Aleksandr Sidorovlar yordam berishadi. Zahira hakami Husan Muzaffarov. VAR hakami Rahimbek Karimov. Nazoratchi Rustam Bobomurodov. Uchrashuv komissari: Qudrat Madraimov.
"Dinamo" - "So‘g‘diyona" jamoalarining so‘ngi 5 uchrashuvi natijalari qanday ko‘rinish olgan?
“So‘g‘diyona” – “Dinamo” 1-0 11.03.2022
“So‘g‘diyona” – “Dinamo” 3-0 29.10.2019
“Dinamo” – “So‘g‘diyona” 1-0 13.04.2019
“So‘g‘diyona” – “Dinamo” 0-0 30.09.2017
“Dinamo” – “So‘g‘diyona” 2-2 29.04.2017
“So‘g‘diyona” matbuot xizmati
Fikrlar