"Dinamo"ning 2021 yilgi eng yaxshi futbolchisi legionerga aylandi
Ilgari saytimiz orqali "Dinamo"dan ketgan Shoxruh Abdurahmonovni Belarusning "Energetik-BGU" klubi bilan shartnoma tuzganligi haqida xabar bergandik. Bu o‘z tasdig‘ini topdi.
Bu borada "Dinamo" matbuot xizmati xabar berdi. 2019 yil 19 yoshida "Dinamo" jamoasi safida Superligada debyut qilgan Shohruxbek Abdurahmonov so‘nggi uch yil davomida jamoamiz sharafini munosib himoya qilib, samarqandlik muxlislar yoqimtoyiga aylandi.
Xususan, so‘nggi 2021 yilda Shohruxbek Abdurahmonov o‘zining ajoyib o‘yinlari va gollari bilan «Dinamo»ni Superligaga qaytishiga ulkan hissa qo‘shdi. Yakunda esa muxlislar tomonidan «Dinamo»ning 2021 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. "Dinamo" PFK rahbariyati Superliga-2022 oldidan Abdurahmonov bilan shartnomani uzaytirish borasida har qancha urinishmasin, Shohruxbek o‘zini Evropada sinab ko‘rishga qaror qildi va Belarusning "Energetik-BGU" klubi bilan shartnoma imzoladi, - deya yozmoqda "Dinamo" matbuot xizmati.



Fikrlar