"Dinamo"ning eng yaxshi futbolchisi legionerga aylanishi mumkin

  • 3 yanvar, 2022, 20:27
  • 0
  • Futbol

Pro ligada ikkinchi o‘rin bilan Superligaga yo‘l olgan Samarqandning “Dinamo” klubi safida sezilarli o‘zgarishlar yuz beryapti. Ayniqsa, etakchi o‘yinchilar asta-sekin jamoani tark etishyapti.

Masalan, Ro‘zim Ahmedov, Obid Jo‘raboev, Sardor Eminov, Jasur Hasanov va Islom Sharipov “Buxoro”ga o‘tib ketishgan bo‘lsa, “Dinamo”ning yana bir muhim futbolchisi – Shoxruh Abdurahmonov ham klub safida emas.

abdurahmonov1

Ma’lum bo‘lishicha, unga Belarus chempionatida ishtirok etayotgan “Energetik-BGU” jamoasidan taklif bo‘ldi. Shu sababli hujumkor yarim himoyachi ayni paytda ushbu klubning mashg‘ulotlarida ishtirok etyapti. Bu xabarni futbolchining o‘zi ham tasdiqladi. Agar uning xatti-harakatlari murabbiylarda iliq taassurot qoldirsa, shartnoma imzolanadi.

23 yoshli o‘yinchi o‘tgan yili “Dinamo” safida pro ligada 19 ta o‘yinda maydonga tushib 8 ta gol muallifi bo‘ldi va jamoaning eng yaxshi futbolchisiga aylangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!