
Diogu Jota "Vulverxempton" sharaf zalidan o‘rin oldi
"Angliyaning "Vulverxempton" klubi Diogu Jotani klubning sharaf zalidan joy olgan futbolchilar ro‘yxatiga rasman kiritdi. Bu qaror futbolchining jamoadagi ajoyib faoliyati va uning hayotdan ko‘z yumgani futbol dunyosiga salmoqli ta’sir qilganini inobatga olgan holda qabul qilindi" — deya ma’lum qildi klub matbuot xizmati.
Klub rahbariyati ta’kidlashicha, odatda sharaf zaliga nomzodlar yuzasidan haftalab muhokamalar olib boriladi, ammo bu gal qaror yakdillik bilan va darhol qabul qilindi.
"Bu juda ta’sirli harakat bo‘ldi va klub bu qarorni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Diogu nafaqat yorqin futbolchi, balki samimiy va kamtar inson edi. U "Vulvs" safida bo‘lgan davr mobaynida fidokorlik va insonparvarlik namunalarini ko‘rsatdi. Uning yo‘qligi barchamiz uchun og‘ir bo‘ladi. U qoldirgan meros klub tarixidan mustahkam o‘rin egallaydi" — dedi "Vulverxempton"ning futbol operatsiyalari va ma’muriyat bo‘yicha direktori Mett Uayld.
Eslatib o‘tamiz, "Vulverxempton" sharaf zali 2008 yili tashkil etilgan bo‘lib, unda hozirgacha 38 nafar futbolchi joy olgan.
Diogu Jota ushbu jamoa safida 2017 yildan 2020 yilgacha to‘p surgan.
Fikrlar