Diyor Imomxo‘jaev boshchiligidagi delegatsiya Superkubok o‘yini oldidan "Turon" stadionini ko‘zdan kechirdi

  • 14 fevral, 2022, 21:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 27 fevral kuni Yaypan shahridagi “O‘zbekiston” o‘yingohida O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ayni kunlarda ushbu o‘yingoh xududida mazkur uchrashuvga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in ruhda davom etmoqda.

Tecno

“Turon” matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev boshchiligidagi ishchi guruh Yaypan shahriga tashrif buyurdi. Tashrif davomida O‘zPFL delegatsiyasi “O‘zbekiston” o‘yingohida Superkubok uchrashuviga olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, futbol maydonining ayni damdagi holati, o‘yingoh hududida OAV vakillari va tomoshabinlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

turon3_2

Shuningdek, klub prezidenti Olimxon Ahmedov tomonidan O‘zPFL delegatsiyasiga yangi barpo etilayotgan zamonaviy qarorgoh yaqindan tanishtirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Marifjon Turajonov
14/02/2022 21:48
UPF ligasi ham pul ishlashi kerakku.
Shu turnirni Namanganda utkazganda muhlislar dan tushgan pul orqali qancha pul ishlab olishi mumkin edi....
UFA reklama va boshqa tomonlarni ham uylashi kerak.
Namanganda uyin bulsa qirgiston va qozogistondan ham muhlislar kelyapti.
Buni uylash kerak......