Diyor Imomxo‘jaev: "Ikki yillik aniq rejalarimiz bor"

  • 22 yanvar, 2021, 15:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro futbol tarixi va statistika federatsiyasi (IFFHS) 2020 yilning eng yaxshi ligalari reytingini tuzib chiqdi. O‘zbekiston Superligasi 2019 yil yakunlariga ko‘ra, 67-o‘rinda qayd etilgandi. 2020 yili esa 48-pog‘onani band etdi. Bunga O‘zPFL bosh direktor vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.  

Tecno

"Statistika har doim ham asl haqiqatni anglatmasligi mumkin. Ammo milliy chempionatlar reytingida Superligamiz bir yil avvalgi 67-o‘rindan 48-o‘ringa ko‘tarilgani baribir yoqimli.

Hozircha, biz Osiyoda Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Yaponiya va Xitoydan keyin beshinchimiz. Eron, BAA, Qatar bizdan keyingi o‘rinlarda.

Yuqorida aytganimdek, bunga ko‘p ham jiddiy e’tibor qaratish kerak emas. Biz haqli ravishda o‘sishga erishishimiz uchun ko‘p ishlashimiz kerak. Ikki yillik aniq rejalarimiz bor. Uddalay olsak, tom ma’noda oldinga qadam tashlashimiz mumkin. Barcha ishda O‘zi qo‘llayversin va to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin", - deya Imomxo‘jaev "Telegram"dagi kanalida yozib qoldirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!