Diyor Imomxo‘jaev: Markaziy Osiyo klublarini o‘zimizda qabul qilishimiz muxlislarimiz uchun ham yaxshi sovg‘a bo‘ladi

  • 10 fevral, 2021, 12:00
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev o‘z "Telegram" sahifasida OChL va OFK kubogi guruh bosqichi mezbonligi xususidagi fikrlari bilan bo‘lishdi:

"OFK 15 fevralga qadar Chempionlar Ligasi va OFK kubogi musobaqasining markazlashtirilgan guruh bosqichi o‘yinlari uchun mezbonlik arizalarini qabul qiladi.

Chempionlar Ligasi musobaqasi mezbonligi bizga biroz noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Stadionlarimiz projektorlari OFK talab qilgan 1800 lyuksga etib ulgurmagan. Qolaversa, klub(lar)imiz Chempionlar Ligasi guruh bosqichidagi ishtirokini boshlaganida, biz qolgan jamoalarimiz bilan O‘zbekiston kubogi musobaqasini o‘tkazib turishni rejalashtirganmiz.

OFK kubogi guruh bosqichini esa, Olmaliq yoki Qarshida qabul qilish uchun barcha imkoniyatlarimiz bor va bu bizga noqulaylik tug‘dirmaydi. Biz, albatta, AGMK klubining Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘l olishini, "Nasaf" OFK kubogida o‘ynashini istaymiz. Ishonamizki, 15 fevralga qadar har ehtimolga qarshi AGMK ham, "Nasaf" ham mezbonlik arizalarini berish bo‘yicha O‘FAga taklif bilan chiqadi. Markaziy Osiyo klublarini o‘zimizda qabul qilishimiz muxlislarimiz uchun ham yaxshi sovg‘a bo‘ladi.

Bizgacha etib kelgan xabarlarga ko‘ra Tojikiston va Qirg‘iziston mezbonlik arizalarini berib ulgurgan", - deb yozadi Diyor Imomxo‘jaev. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
77 77
10/02/2021 13:30
Буларканда
&
нодирбек.фк насаф
10/02/2021 12:23
Насафга ёрдам беринг! ! !

Томирида воҳанинг, қони борлар ўйғонинг!
Темурни аллалаган, тоғ-у тошлар ўйғонинг!
Ўзбегим фудболида юз бермасин жудолик. . .
Суперлига юраги - НАСАФга ёрдам беринг!

Бир бовурмиз бирликни кўрсатмоқлик кун келди. . .
Қани мардлар, шан учун қўлларни қўлга беринг.
Қашқадарё қаддини кўтармоқлик мақсадда,
Насафга далда бўлинг,

Насафга ёрдам беринг! ! !

⚽️ @Nasaf
Биз билан Футбол ёрқинроқ!