Diyor Imomxo‘jaev "Nasaf" va OChL mavzusiga oydinlik kiritdi

  • 14.12.2020 13:03
  • Javokhir Azimov
  • 3
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev Superliganing eng yorqin jamoalaridan biri, joriy mavsum kumush medallarni qo‘lga kiritgan "Nasaf"ning OChLda ishtiroki haqida fikr bildirdi:

"Nasaf" ketma-ketma ikkinchi bor litsenziyani qo‘lga kirita olmayapti, undan avvalgisida esa, litsenziya shartli ravishda berilgan. Shuning o‘ziyoq hammasi tasodif emas, balki ayb klubning o‘zida ekanini anglatadi. Ya’ni, so‘nggi ikki urinishdan tegishli xulosa chiqarilmagan. O‘FA bu masala bo‘yicha alohida yig‘ilish o‘tkazgan. Klub rahbariyati ishtirok etgan uchrashuvda muammoning asl sababi aniqlangan. Vaqti kelib, klub bu borada o‘z muxlislari uchun rasmiy tushuntirish berishi adolatdan bo‘ladi.

OFK litsenziyalash talabini sodda qilib tushuntirsak, unda barcha klublar jami 262 ta band bo‘yicha talabni bajarishi lozim bo‘ladi. "Nasaf" shularning faqatgina 171 tasiga javob qaytargan, qolganlari ochiq qolgan. Javob qaytarilgan 171 ta bandning ayrimlari bo‘yicha ham savollar bor. Bunday holatda OFK litsenziyasini olish mumkin emas.

"Nasaf" 2020 yilni fantastik tarzda o‘tkazdi, deyish mumkin. Biz Berdiev jamoasi namoyish etayotgan o‘yin oldida shlyapamizni echishimiz kerak. "Nasaf" hech bir katta transferlarsiz va qo‘shimchasiga, moliyaviy qiyinchiliklar bilan ham katta iroda namoyish eta olyapti. O‘zPFL buni qadrlaydi, shuning uchun ham tashkilot O‘FA bilan maslahatlashib, "Nasaf"ning xalqaro maydondagi ishtiroki yuzasidan OFKga rasmiy murojaatnoma yuborib ulgurgan.

Biroq holat shundayki, "Nasaf"ning Chempionlar ligasida ishtirok etishi baribir katta so‘roq ostida. Biz buni tushunib turibmiz, poezd allaqachon ketib bo‘lgan, juda kichik umid bor. Ammo klub hech bo‘lmaganda, OFK kubogida ishtirok etishi mumkindir, balki. OFK ishni ko‘rib chiqib, o‘z xulosasini taqdim etsa, bundan albatta, muxlislarni xabardor qilamiz.

Ma’lumot uchun, 2021 yil uchun O‘zbekiston klublariga 1+1+1 kvotasi taqdim etilgan. Chempion sifatida "Paxtakor"ning Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etishi aniq. Kubok uchun esa, kurash davom etyapti. Agar kubok "Paxtakor"dan boshqa klubga nasib etsa, o‘sha klub Chempionlar ligasining saralash bosqichida ishtirok etadi. Agar kubokda ham "Paxtakor" zafar quchsa, u holda, "Nasaf" 2-o‘rin sohibi sifatida saralashda ishtirok etishi kerak edi. Ammo litsenziyalash bilan bog‘liq muammo bor. Demak, O‘zbekistonning ikkinchi klubi OChL saralashini muvaffaqiyatli bosib o‘tib, guruh bosqichiga yo‘l olsa, u holda, "Nasaf"da OFK kubogida ishtirok etish imkoniyati bo‘ladi. Buning uchun bizga OFK xulosasi kerak bo‘ladi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Даврлнов
14/12/2020 15:21
Хамманг пахтакорникига пахта куйларинг Узимиздан чикаётган Фудболчиларни йирга урларинг Порахурлар ЖХ чимпионатига Корупсион иллат бор экан хуй чмкасанлар Насафнинг шундай холатга тушиб колишига Каламушлар айибдор Хартарафдаги каламушлар
Baxil Alihuja
14/12/2020 19:00
Бандларни бажариш борасида УзФА ва УзПФЛ хам ёрдам бермайди-ми ёки факат пахтачига ёрдам беришади-ми? Насаф клуби яхши менежер ёрдамида бандларни бажариши мумкин!
&
Sash
15/12/2020 01:01
Tushunmadim bu yibandi gapiga.