
Diyor Imomxo‘jaev "Neftchi" – "Turon" o‘yinidan keyingi holatga o‘z munosabatini bildirdi
Pro liga 20-turidan o‘rin olgan "Neftchi" hamda "Turon" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan (0:1) so‘ng, mezbonlar futbolchisining bosh hakam Shavkat Nasibullaevga tashlangani aks etgan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. O‘zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev mazkur holat yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Neftchi" – "Turon" uchrashuvi hakamlari o‘yinni e’tirozlarsiz boshqarib bordi. Ular bilan hozir hammasi joyida. O‘zPFL murakkab uchrashuvda ishlagan hakamlar brigadasiga minnatdorlik bildiradi.
Shuningdek, uchrashuvni boshidan oxiriga qadar stadiondan kuzatib borgan, taqdirlash marosimida ishtirok etgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorovga minnatdorlik bildiramiz. Uchrashuv fantastik ruhda o‘tdi va u uzoq yillar unutilmaydigan bo‘ldi. Uchrashuvdan keyingi holatlar O‘FA tomonidan alohida o‘rganiladi", - deb yozdi Imomxo‘jaev "Telegram"dagi o‘zining sahifasida.
"Istiqlol" stadionida bo‘lib o‘tgan bellashuvda "Turon" jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va Pro ligada 38 ochko to‘plagan holda Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Mazkur bahsni namanganlik Shavkat Nasibullaev boshqarib bordi. Unga qanotlarda Rishat Nugmanov va Doniyor Saylavov yordam berdi.
Fikrlar