Dmitriy Bivol "Kanelo" bilan jang qilishni xohlamoqda

  • 2 iyul, 2020, 15:13
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Super o‘rta vaznda WBA chempioni rossiyalik Dmitriy Bivolning (17-0,11 KO) menejeri Vadim Kornilov mijozi o‘rta vaznda WBA chempioni Saul Alvaresga (53-1-2,36 KO) qarshi jang qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

“Dmitriy “Kanelo” bilan jang qilmoqchi. Chunki, uni mag‘lub eta olishini biladi.  U pulni ortidan quvmaydi. Biz “Kanelo”, Sonders va Kallum Smitning qancha gonorar talab qilishini yaxshi bilamiz. Dmitriyga esa, ushbu jang uchun u qadar ko‘p mablag‘ kerak emas”,- dedi Kornilov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!