Dmitriy Bivolning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi. Hamyurtlarimiz ham u bilan bir kechada jang qilishi mumkin

  • 22 avgust, 2022, 11:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning yarim og‘ir vazn toifasida (79,3 kg) WBA jahon chempionlik kamari egasi rossiyalik Dmitriy Bivol (20-0, 11KO) navbatdagi jangini majburiy da’vogar meksikalik Xilberto Ramiresga (44-0, 30KO) qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi. WBA tashkiloti ma’lum qilishicha, ushbu jang 5 noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Professional boks oqshomi Matchroom va Golden Boy kompaniyalari hamkorligida tashkil etiladi. Bivol bilan bitta jamoada bir qancha o‘zbek bokschilari ham borligini inobatga olsak, shu kuni ularning ham janglari bo‘lishini tahmin qilish mumkin.

Bivol o‘zining so‘ngi jangida Saul Alvares ustidan g‘alaba qozonib sensatsion natija qayd etgan edi. Ramires esa eliminator bahsida Dominik Boeselni 4-raundda muddatidan oldin mag‘lub etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
араббаевич давлат
22/08/2022 11:53
Биздан кайси боксчиларимиз рингга чикиши тугрисида маълумотларни кутуб коламиз.
22/08/2022 11:57
Hozircha rasmiy ma'lumot yo'q. Bizni kuzatib boring.