Donnarumma 6 mln evrolik maoshni rad etdi
"Milan" klubi darvozaboni Janluiji Donnarumma amaldagi shartnomasini uzaytirishni xohlamayapti. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra "rossonerilar" 20 yoshli italiyalik futbolchi uchun yiliga 6 mln evro maosh taklif qilishgan, ammo yakunda rad javobini olishgan.
Ma’lumot uchun, Donnarumma "Milan" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U shu kungacha ushbu jamoada jami 170 ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z darvozasidan 174 ta gol o‘tkazib yuborgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar