Donnarummaning “Siti”dagi maoshi ma’lum bo‘ldi

  • 14.08.2025 17:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” tarkibida avlodlar almashinuvini amalga oshirish jarayonida asosiy darvozabon sifatida PSJdan ketishi aniq bo‘lgan Janluiji Donnarummani olib kelmoqchi.

Tecno

Bir necha nufuzli manbalar tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy yakunlanayotgani va italiyalik golgiper Manchesterga ko‘chib o‘tishga rozilik bergani haqida ma’lumot tarqatmoqda.

La Stampa nashrining yozishicha, Donnarumma “shaharliklar” safiga ko‘chib o‘tgandan keyin yiliga 12 million evro miqdorida maosh oladi. Bundan tashqari, uning natijalariga qarab, turli bonuslar ajratilishi ko‘zda tutilgan.

“Manchester Siti” mutasaddilari PSJdan uning bir yil qolgan shartnomasini sotib olish uchun 35 million evro miqdorida mablag‘ sarflashi aytilmoqda.

“Milan” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Janluiji Donnarumma “Pari Sen-Jermen”da 2021 yildan beri faoliyat ko‘rsatib keladi. Mohir darvozabon hozirgacha PSJ safida 161 ta uchrashuvda qatnashib, shu o‘yinlardan 56 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!