
Doston Hamdamov yangi jamoasi safida mashg‘ulotlarni boshladi (foto)
Avvalroq, "Paxtakor" yarim himoyachisi Doston Hamdamov rasman Dubayning "Al-Nasr" jamoasi bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berdik.
Hamdamov allaqachon Dubayga etib borgan va yangi jamoasi safida mashg‘ulotlarni boshlagan. "Al-Nasr" ertaga BAA chempionatida navbatdagi o‘yinini o‘tkazadi. Hamdamov jamoasiga G‘aniev to‘p tepayotgan "Shabab Al-Ahli" raqiblik qiladi.
Ma’lumot uchun, "Al-Nasr" ayni damda 12-turdan so‘ng turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar