
Draksler hech qaerga ketmaydi
Frantsiyaning PSJ jamoasi yarim himoyachisi Yulian Drakslerning agenti Rojer Vittman mijozi klubni tark etmasligini ma’lum qildi.
“PSJ barcha chiziqlarda eng kuchli futbolchilarni yig‘ib, jamoa tuzmoqchi. Yulian ham ulaning orasida bor va u jamoaning bir qismi sifatida qolishni istamoqda. Shunday ekan, u ketishi mumkin emas”, – deb aytib o‘tdi agent.
Ilgariroq, uni so‘nggi vaqtlarda “Barselona”ga o‘tishi borasida xabarlar tarqalgan edi.
23 yoshli futbolchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021yilda nihoyasiga etadi.
Fikrlar