Husanov? Gvardiola alamli mag‘lubiyatdan keyin kimlar ketishi haqidagi savolga javob berdi

  • 1 iyul, 17:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti” futbolchisi bo‘lgani bois o‘zbekistonlik ishqibozlar “shaharliklar”ga muxlislik qilib kelmoqda.

Tecno

Xususan, hamyurtlarimiz Xosep Gvardiola jamoasining yangi formatda o‘tkazilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi ishtirokini kuzatib bordi. Afsuski, bosh sovringa asosiy da’vogarlardan hisoblangan “shaharliklar” pley-offdan o‘tolmadi.

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi to‘qnashuvning asosiy vaqtida 3:3 hisobida durang o‘ynab, g‘olibni aniqlash uchun qo‘shib berilgan taymda g‘alabani ilib ketdi.

Mag‘lubiyatdan keyin jurnalistlar Xosep Gvardiolani turli savollarga tutmoqda, muxlislar esa ishonchni oqlay olmagan futbolchilarni ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qila boshladi. Sports.uz portali yurtimizda “Siti” muxlislari ko‘pligini inobatga olib, klub atrofidagi ma’lumotlarni ulashishga qaror qildi.

Yozgi transferlar davrida klub kimlardan voz kechadi?

Bosh murabbiy Xosep Gvardiola o‘zi uchun eng og‘ir bo‘lgan bu savolga juda ko‘p duch kelmoqda. Yanvar oyidan boshlab, “Manchester Siti”da tarkibni yangilash siyosati davom etmoqda. Yoshi katta o‘yinchilar o‘rnini yangi ijrochilar egallayapti.

Gvardiola chiqish transferlari haqidagi savollarga quyidagi javob berdi.

- Bu haqda umuma tasavvurga ega emasman. Aynan qaysi o‘yinchilarni sotib yuborishimiz kerak? Bu masalani klubdagilar hamkorligida birga ko‘rib chiqamiz, futbolchilarning o‘zi bilan ham suhbatlashamiz.

Bizda juda yaxshi futbolchilar jamlangan, mavsum juda uzoq davom etishini ham unatmaylik. Har qanday vaziyat yuzaga kelishi mumkin, holat shunday, haqiqat shu, - dedi Xosep Gvardiola.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida Xosep Gvardiola o‘yinlarda imkon qadar ko‘proq o‘yinchilarni sinab ko‘rishga harakat qildi. Abduqodir Husanov AQSh maydonlarida o‘tkazilgan to‘rtta  uchrashuvdan faqat bittasida qatnashdi. 21 yoshli himoyachimiz “Al-Ayn” bilan bo‘lgan bahsda boshlang‘ich tarkibda o‘yinga tushib, bir soatu bir daqiqa to‘p tepdi.

Ederson zarbani qaytarmay qo‘ygan!

“Manchester Siti”ning asosiy darvozaboni Ederson AQShdagi klublar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatining pley-off bosqichidagi o‘yinda to‘rtta gol o‘tkazib, yuborgani “shaharlik” fanatlarning jumbushga kelishiga sabab bo‘ldi.

Manchesterliklar bosh sovringa asosiy da’vogarlardan sanalgan jamoaning Saudiya Arabistoni klubidan mag‘lubiyatga uchraganini hazm qila olmayapti.

Ashaddiy fanatlar ijtimoiy tarmoqlarda Edersonni tanqid qilyapti. Sportbible nashri ularning darvozabon haqida quyidagi fikr-mulohazalarini e’lon qildi:

Jamoa trebl qayd etgan davrdan beri Ederson to‘pni qaytarishga harakat ham qilmay qo‘ydi”;

“Shu darvozabonni “Liverpul” golkiperi Alisson bilan solishtirishgani rostmi? Bunga ishonmayman”;

“Sharmandalik. Ederson uchrashuvda birorta vaziyatda jamoani goldan qutqara olmadi. Hatto harakat ham qilmadi”.

Ta’kidlash joizki, braziliyalik posbon 2017 yildan beri “Manchester Siti” darvozasini qo‘riqlab kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi yana bir yil davom etadi.

Xoland raqib darvozabonini “Manchester Siti”ga chaqirdi

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida nafaqat Saudiya Arabistoni, balki butun Osiyo qit’asi  sharafini munosib himoya qilayotgan “Al-Hilol”ning “Mancheter Siti” ustidan 4:3 hisobida g‘alaba qozongani turnir sensatsiyasi sifatida qabul qilinmoqda.

Manchesterliklar to‘purari Erling Xoland ham raqib darvozaboni Yassin Bunu mahoratini tan olishga majbur bo‘ldi.

Uchrashuvdan keyin norvegiyalik hujumchi marokashlik darvozabon Yassin Bunu oldiga kelib, unga “Bizning jamoaga o‘t”, degan taklif bildirdi. Mahoratli posbon bu taklifni shunchaki hazil sifatida qabul qildi va  kulib qo‘ydi.

Husanov, Xolandni tabriklab qo‘y!

Yangi murabbiy Fayzullaevga qanday baho berdi?

Husanov ko‘z o‘ngida “Manchester Siti” tarixiy rekord o‘rnatdi

Shomurodov kuchayib ketdi...

Legionerimiz Evropada yurish qilishga tayyor!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!