Gvardiola "Al-Hilol"ga qarshi mag‘lubiyatni nima bilan izohladi?

  • 01.07.2025 10:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Al-Hilol"ga qarshi mag‘lubiyatdan so‘ng Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi ishtiroklari va AQShdagi jihatlar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

Tecno

"Men juda ko‘p yaxshi narsalarni ko‘rdim, avval bunday bo‘lmagan edi. Ayniqsa, futbolchilar va murabbiylar shtabi o‘rtasidagi munosabatlar — biz bunda juda yaxshi ahvolda edik. AQShda o‘zimizni baxtli his qildik, mashg‘ulotlar ham yuqori darajada o‘tdi. Lekin bu erda raqobat darajasi juda yuqori…

Biz "Al-Hilol"ga qarshi hujumlarga imkoniyat berib qo‘ydik, lekin o‘zimiz ham juda ko‘p vaziyat yaratdik. Umuman olganda, yaxshi o‘ynadik. Afsuski, natija kutilganidek chiqmadi.

Barchaga — jamoamiz a’zolariga minnatdorchilik bildiraman. Ular mashg‘ulotlarda ham, tayyorgarlikda ham barcha kuchlarini berdi. Jamoa yaxshi formada edi. Endi esa uyga qaytamiz. Dam olish, boshni tozalash vaqti keldi. Keyingi mavsumda yana qaytamiz" — deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!