
Drammatik kechgan uchrashuvda "Barselona" "Siti" bilan durang o‘ynadi
O‘rtoqlik uchrashuvi doirasida "Barselona" hamda "Manchester Siti" jamoalari o‘zaro kuch sinadi. Ushbu bellashuvda jamoalar 3:3 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Kataloniyaliklar safida, Obameyang, De Yong hamda Depay gol urishga muvaffaq bo‘ldi. "Shaharliklar"dan Alvares, Palmer hamda Mahrez raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Qayd etish lozim, ushbu bellashuvda chiptalar sotuvidn tushgan pul amiotrofik lateral skleroz kasaliga chalingan insonlar uchun xayriya qilinadi. Eslatib o‘tish lozim, ayni vaqtda mazkur kasallikning davosi yo‘q.
Fikrlar