Dunyoda Xolandni to‘xtata oladigan faqat 3 ta himoyachi bor

  • 5 oktabr, 2024, 15:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi himoyachisi Antonio Ryudiger “Manchester Siti”ning norvegiyalik markaziy hujumchisi Erling Xolandni to‘xtata oladigan futbolchilar nomini aytdi.

Tecno

“Erling – kuchli futbolchi, haqiqiy mashina. Uni to‘xtatish juda qiyin. Ayrim zamonaviy himoyachilar unga qarshi tura oladi. Fikrimcha hozirgi paytda Xolandni to‘xtata oladigan faqat uchta himoyachi bor: Saliba, van Deyk va men”, - dedi germaniyalik futbolchi Cope nashriga bergan intervyusida.

24 yoshli futbolchi joriy mavsum Angliya Premer-ligasida oltita o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini o‘n marta ishg‘ol qilishga erishdi. Erling ayni paytda dunyodagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi. Uning bozor qiymati 200 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!