Dunyoning ayni damdagi eng qimmat futbolchilari kimlar?

  • 6 iyun, 2022, 16:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

CIES Football Observatory tadqiqot markazi dunyoning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini tuzib, ularning transfer qiymatini baholadi.

Unga ko‘ra, PSJ hujumchisi Kilian Mbappe dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Uning ayni damdagi transfer narxi 205,6 million evroga baholangan.

"Manchester Siti" a’zosi Ruben Diash eng qimmat markaziy himoyachi (109,6 million), "Liverpul" futbolchisi Trent Aleksandr-Arnold eng qimmat himoyachi (87,4 million), "Barselona" futbolchisi Pedri esa eng qimmat yarim himoyachi (135,1 million), PSJ a’zosi Janluiji Donnarumma (73,7 mln) esa eng qimmat darvozabon bo‘ldi.

CIES Football Observatory talqiniga ko‘ra dunyoning eng qimmat futbolchilari 10 taligi:

  1. Kilian Mbappe, «PSJ» – 205,6 mln evro;
  2. Vinisius Junior, «Real» – 185,3;
  3. Erling Xoland, «Manchester Siti» – 152,6;
  4. Pedri, «Barselona» – 135,1;
  5. Jud Bellingem, «Borussiya» Dortmund – 133,7;
  6. Fil Foden, «Manchester Siti» – 124;
  7. Frenki de Yong, «Barselona» – 112,5;
  8. Luis Dias, «Liverpul» – 110;
  9. Ruben Diash, «Manchester Siti» – 109,6;
  10. Ferran Torres, «Barselona» – 109,5.

Reytingning to‘liq ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishib olishingiz mumkin>>>

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!