
Dunyoning eng qimmat darvozaboni ijaraga beriladi
“Chelsi” rahbariyati “Renn” darvozaboni Eduard Mendini sotib olgach, ishonchni oqlamagan posbon Kepa Arrisabalagani ijaraga berib yuborishga qaror qildi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “aristokratlar” 25 yoshli ispaniyalik posbonning ijarasi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Bundan avvalroq, Kepaga “Sevilya”dan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Chelsi” Arrisabalagani 2018 yil “Atletik”dan 80 mln evroga sotib olgan edi. Aytish lozimki, Kepa ayni damda dunyoning eng qimmat darvozaboni hisoblanadi. U o‘tgan mavsum APLda 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 45 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar