
Dyokeresh: "APL — bu dunyodagi eng yaxshi liga"
27 yoshli Viktor Dyokeresh o‘tgan haftada "Sporting" klubidan "Arsenal" safiga o‘tdi. U avvalroq 3 mavsum davomida Angliya chempionshipi "Koventri" safida to‘p surgan.
O‘z intervyusida Dyokeresh Angliyaga qaytishi va Premer-ligada o‘ynash haqida shunday dedi:
"Men Angliyaga qaytish haqida doimo o‘ylardim, deb aytolmayman. Ammo Portugaliyada bo‘lganimda, qaytish imkoniyatim bor edi.
Chunki bu - dunyodagi eng yaxshi liga. Shu bois, Premer-ligada o‘ynash har doim mening maqsadim bo‘lib kelgan.
Shu sababli, qulay payt kelganini his qilganimda, hech ikkilanmay orqaga qaytdim" – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi londonliklarning yangi hujumchisi.
Fikrlar