Dyokeresh Fernandesh va Ugarteni ortda qoldirib, rekord o‘rnatdi

  • 28 iyul, 23:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfermarkt portali Lissabonning "Sporting" klubi tarixidagi eng qimmat sotuvlar reytingini e’lon qildi. Hozirda ushbu ro‘yxatning yuqori pog‘onasidan Viktor Dyokeresh joy olgan. Shvedtsiyalik hujumchi o‘tgan shanba kuni "Arsenal"ga 65,8 million evro evaziga o‘tdi. Bundan tashqari, shartnoma 10 million evrolik bonuslarni ham o‘z ichiga oladi.

Tecno

Dyokeresh shu tariqa Brunu Fernandeshni ham ortda qoldirdi – u avval "Manchester Yunayted"ga 65 million evroga sotilgan edi. Uchinchi o‘rinda esa Manuel Ugarte – uni PSJ 60 million evro evaziga sotib olgan.

Bruno Fernandes of Manchester United applauds their support during the Premier League match between Manchester United FC and Aston Villa FC at Old...Manuel Ugarte of PSG looks on during the Ligue 1 Uber Eats match between Paris Saint-Germain and Toulouse FC at Parc des Princes on May 12, 2024 in...

Eslatib o‘tamiz, Dyokeresh "kanonirlar" bilan besh yillik shartnoma imzoladi va yangi klubida 14-raqamni tanladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!