Dyokeresh "Manchester Yunayted"ning taklifiga javob berdi

  • 20.07.2025 22:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Sporting" klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh "Manchester Yunayted" jamoasiga o‘tishi ehtimoliga nuqta qo‘ydi. Portugaliyaning "A Bola" nashrining xabariga ko‘ra, shvedtsiyalik futbolchining agentlari MYu bilan bog‘liq xabarlarni Lissabon klubi tomonidan bosim sifatida baholamoqda.

Avvalroq mankunianliklar Dyokereshni qo‘lga kiritish bo‘yicha muzokaralarni boshlagani aytilgandi. Manbaga ko‘ra, "Sporting" va "Manchester Yunayted" transfer borasida deyarli kelishuvga erishgan, biroq futbolchi o‘ziga bildirilgan taklifni qabul qilish niyatida emas.

Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi faqatgina "Arsenal" safida to‘p surishni istamoqda.

Bundan tashqari, bir necha kun avval forvard "kanonirlar" bilan shaxsiy kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!