
Dzanolo o‘ziga yangi jamoa tanladi
“Roma”dan ketishga hozirlik ko‘rayotgan Nikolo Dzanolo “Milan” klubi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaning ta’kidlashicha, milanliklar 23 yoshli italiyalik futbolchiga 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma taklif qilgan. Unga ko‘ra, Dzanolo har mavsum uchun 3,5 million evro maosh oladi. O‘yiniga qarab, unga turli bonuslar ajratilishi ham belgilangan.
Dzanoloning o‘zini ham faoliyatini “Milan”da davom ettirish varianti to‘liq qoniqtirishi aytilmoqda.
Endi buyog‘iga milanliklar “Roma” rahbariyati bilan uchrashib, transferni rasmiylash uchun o‘zaro kelishib olishi talab etiladi.
Fikrlar