
Dzanolo uchun eng ko‘p pul tikayotgan jamoa paydo bo‘ldi
“Roma” hujumkor futbolchisi Nikolo Dzanolo o‘ziga yangi ish joyi qidirmoqda. 23 yoshli futbolchi bosh murabbiy Joze Mourinodan o‘zini bezovta qilib, o‘yinlarga jalb qilmaslikni so‘ragan.
Italiyalik hujumchining agenti Klaudio Vigorelli mijozining xizmatlarini PSJga taklif qildi. Shuningdek, Angliyaning “Brayton”, “Vest Xem” va “Tottenxem” kabi klublari bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Dzanolo uchun kurashga “Lids” ham qo‘shildi. Bu klub hozirgacha bo‘lgan takliflar orasida eng katta summani to‘lashga rozi. Agar Dzanolo bu jamoaga o‘tadigan bo‘lsa, “Lids” rimliklarga 34 million evro va’da qilmoqda.
Hozirgacha, “Brayton” 25 million, “Vest Xem” esa 30 million evro xarajat qilishga tayyorligini bildirgan edi.
Fikrlar