Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Qashqadaryo viloyati tengsiz bo‘ldi

  • 24 noyabr, 2024, 19:53
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Jizzaxda dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi mamlakat chempionati o‘z yakuniga etdi. To‘rt kun davom etgan murosasiz kurashlarda Qashqadaryo viloyati jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Buxoro viloyati 2 ta oltin, 6 ta kumush 2 ta bronza medallari bilan ikkinchi natijani qayd etgan bo‘lsa, 2 tadan oltin va kumush, 4 ta bronza medallarini jamg‘argan Xorazm jamoasi kuchli uchlikni yakunlab berdi. Bugun eng og‘ir vazn toifasida kechgan bellashuvlarning natijalari bilan tanishing:

Tecno

Erkaklar, +100 kg:

Islombek Ravshanqulov
O‘tkirbek To‘raboev
Javohir Murodullaev
Bahrom Rajabov

Ayollar, +78 kg:

Umida Nig‘matova
Mohlaroyim To‘xtamisheva
Fotima Quramboeva
Irisxon Qurbonboeva

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!