
Dzyudo. Bugun Davlat Bobonov, Muzaffar To‘raboev va yana 18 nafar dzyudochimiz tatamiga chiqadi
Bugun poytaxtimiz mezbonligida o‘tayotgan, umumiy mukofot jamg‘armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi dzyudo bo‘yicha Toshkent "Katta Dubulg‘a" turnirining so‘nggi uchinchi kuni.
Bugun og‘ir vazn toifalarida bellashuvlar tashkil etiladi. Beshta vaznda g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ladi. Bugungi bellashuvlarda jahon chempionlari Davlat Bobonov va Muzaffarbek To‘raboevlar ham o‘z mahoratlarini namoyish etadilar.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi raqiblari:
ERKAKLAR
-90 kg vazn toifasi
Davlat Bobonov - Aydar Arapov (Qozog‘iston)
Zafarbek O‘rolov - Mamedali Achildiev (Turkmaniston)
Jahongir Mamatrahimov - Ushangi Margiani (Gruziya)
Ozodbek Murotov - Komronshoh Ustopriyon (Tojikiston)
-100 kg vazn toifasi
Muzaffarbek To‘raboev - Dario Garsiya (Germaniya)/Bekaris Saduakas (Qozog‘iston)
Muhammadqodir Mansurov - Eduardo Bettoni (Braziliya)
Chingizxon Shokirov - Leonardo Gonsalvesh (Braziliya)
Otabek To‘raboev - Avtar Singh (Hindiston)
+100 kg vazn toifasi
Islombek Ravshanqulov - Erik Abramov (Germaniya)
Shohruhxon Baxtiyorov - Leon Kruz Omar (Kuba)
Alisher Yusupov - Ivo Vitassek (Germaniya)
Shohruh Mamarasulov - Yash Gangas (Hindiston)
AYoLLAR
-78 kg vazn toifasi
Feruza Xo‘rozova - Estelle Posvite (Fransiya)
Irisxon Qurbonboeva - Hongtao Vu (Xitoy)
Shahlo Egamberganova - Petrunjela Pavich (Xorvatiya)
Farangiz Xolmurodova - Alina Boem (Germaniya)
+78 kg vazn toifasi
Rinata Ilmatova - Asiya Tavano (Italiya)
Saneyim Erkinbaeva - Anne M’Bayro (Fransiya)
Mohinur Parmonova - Eleonora Geri (Italiya)
Fotima Kuramboeva - Kamila Berlikash (Qozog‘iston)
Manba: O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar