
Dzyudo. O‘smirlarimiz Osiyo kubogini super tarzda boshlashdi
Qozog‘istonning Almati shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo kubogi boshlandi.
Baluan Sholak arenasi mezbonlik qilayotgan ushbu musobaqada 4 qit’aning 10 davlatidan kelgan jami 459 (292 o‘smir, 167 qiz) nafar dzyudochi medallar yo‘lida bahs olib bormoqda.
Almaty Cadets Asian Cups 2025 turnirining ilk kuni o‘g‘il bolalar -50, -55, -60, -66 kg, qizlar esa -40, -44, -48 va -52 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishdi. Katta tarkibda musobaqada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik dzyudochilar ilk kungi bellashuvlarda 4 ta oltin, 6 ta kumush, 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. O‘zbekiston terma jamoasi jami 16 ta medal bilan birinchi kungi bahslar yakuni bo‘yicha umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallab turibdi.
Osiyo dzyudo ittifoqi vitse-prezidenti, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov Almatidagi musobaqani bevosita arenadan kuzatib bormoqda. Bu medallar uchun kurashyotgan kadetlarimizga qo‘shimcha dalda bo‘lmoqda.
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar