
Dzyudo ustalari kurashga hozir
Ozarbayjonning Boku shahrida dzyudo bo‘yicha davom etayotgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi halqaro turnirda dunyoning 30 dan ziyod mamlakatidan 200 nafarga yaqin dzyudochi ishtirok etmoqda.
Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan dzyudochilarimizdan uch nafari bugun g‘oliblik uchun kurashga kirishdi.
73 kilogramm vazn toifasida yosh sportchimiz Jahongir Alimardonov birinchi bahsini London olimpiadasi kumush medal sovrindori vengriyalik Miklosh Ungvariga qarshi o‘tkazadi.
Shu vazn toifasida qatnashayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi g‘olibi Hikmatilloh To‘raev qirg‘izistonlik dzyudochi Ishen Amanov bilan raqobatlashadi.
Vazni 81 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar musobaqasida jahon kubogi finalchisi Sunnatillo Azimov mezbonlar vakili Rufat Ismoilovdan mag‘lubiyatga uchradi va turnirni tark etdi.
Fikrlar