Dzyudochilarimiz JCh o‘tadigan Tokioga etib borishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dzyudochilarimiz o‘zlari uchun ajratilgan Prince Hotel Shinagawa mehmonxonasiga joylashib olishdi. Jahon chempionati bahslari 25 avgust kuni start oladi. Ungacha dzyudochilarni tarozidan o‘tkazish hamda qur’a tashlash marosimlari o‘tkaziladi. Bu haqda dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 25-31 avgust kunlari oralig‘ida o‘tkaziladigan jahon chempionatida sayyoramizning 149 davlatidan 860 nafar dzyudochi jami 14 ta (erkaklar va ayollar) vazn toifasida bahslarga kirishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!