
EChL. 7 ta gol kiritilgan bahsdan keyin "Yuventus" EChLni erta tark etishi aniq bo‘ldi
Evropa Chempionlar ligasi 5-turi doirasidagi "Benfika" - "Yuventus" o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bahsda portugaliyaliklar 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.
"Benfika" safida Rafa Silva dubl qayd etgan bo‘lsa, Joau Mariu va Andrea Silva bittadan to‘p kiritdi. "Yuventus"ning gollari esa Moyze Kin, Arkadiush Milik va Ueston Makkenni nomiga yozildi.
G‘alabadan keyin portugaliyaliklar 11 ochko bilan pley-off masalasini hal qilgan bo‘lsa, Turin klubi 3 ochko bilan guruh masalasini hal qila olmadi va musobaqani tark etdi.
Fikrlar