
EChL. "Arsenal" so‘nggi marta qachon chorak finalda o‘ynaganini bilasizmi?
EChL nimchorak finalida "Arsenal" "Portu"ni irodali tarzda mag‘lub qilib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Jamoa so‘nggi marta 1/4 finalda 2010 yilda o‘ynagandi.
O‘shanda jamoaning bosh murabbiyi Arsen Venger edi. Guruh bosqichidan birinchi o‘rin bilan chiqqan "kanonirlar" nimchorak finalda "Portu"ni taslim qiladi. Oldinda esa klubni Pep Gvardiolaning "Barselona"si kutar edi.
Dastlab 2:2 hisobi bilan tugagan to‘qnashuvdan so‘ng javob uchrashuvida kataloniyaliklar "Arsenal"ga umuman imkon qoldirmaydi. O‘sha o‘yinda Messi 4 ta gol urib, hisobni yirik holatga keltirib qo‘yadi.
Arteta shogirdlari 14 yildan so‘ng yana chorak finalga yo‘l oldi.
Fikrlar