
EChL. Birinchi qism tugadi! Hammasi Manchesterda hal bo‘ladi
Evropa Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan ilq o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, Vinisius 36-daqiqada uzoq masofadan ajoyib zarba yo‘llab hisobni ochdi. De Bryuyne esa 67-daqiqada "pushka" zarbasi bilan muvozanatni tikladi. O‘yin yakuniga qadar jamoalar bir qator xavfli vaziyatlar almashib oldi, ammo hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa, javob o‘yini oldidan intriga maksimal tarzda saqlanib qoldi.
Fikrlar