EChL. Bugungi o‘yinlarning eng yaxshi futbolchilari ma’lum

  • 11 aprel, 2024, 04:03
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Biroz avval EChL chorak finalidan o‘rin olgan ikkita bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. "Atletiko" o‘z maydonda "Borussiya"ni taslim qilgan bo‘lsa, "Barselona" PSJ ustidan g‘alaba qozondi. 

Tecno

Mazkur o‘yinlardagi eng yaxshi futbolchilar ma’lum. "Matraschilar" va "Asalarilar" o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahsda Antuan Grizmann bu sovrinni qo‘lga kiritdi. Frantsiyalik futbolchi 90 daqiqa harakatlanib, bitta assist amalga oshirdi. 

Rasm

PSJ - "Barselona" uchrashuvida Rafinya "Man of the match"ga aylandi. Vinger ikki marta parijliklar darvozasini ishg‘ol qilib, EChLdagi ilk golini urdi. Shu bilan birga, 2019 yildan keyin "Barselona" tarkibida pley-off bosqichida dubl qilgan yagona futbolchiga aylandi. 

Rasm

Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasi chorak finalidagi dastlabki o‘yinlar o‘z nihoyasiga etdi. Javob bellashuvlari 17 va 18 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!